Sport turlari

Bodibilding

Bodibilding, kulturizm (inglizcha BodyBuilding — tana tuzilishi) — sport turi. Tana mushaklarini gantel, shtanga, tosh va h.k. yordamida rivojlantirish, uni chiroyli va baquvvat qilishga qaratilgan mashqlar tizimi. Bunday mashqlarga dastlab Yunoniston va qadimgi Rimda katta e’tibor berilgan. Misrda ...

batafsil

Boks

Boks (ingizcha box — mushtlash, zarb) — sport turi, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qo‘lqoplarda qoida asosida yakkamayakka mushtlashish musobaqasi. Boks tarixi miloddan avvalgi davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi. Yunonisto...

batafsil

Chim ustida xokkey

Chim ustida xokkey maydonining o‘lchami 91,4x55 m, klyushkasining og‘irligi 652—794 g., to‘pining og‘irligi 156—163 g., o‘yin vaqti 90 min. (45 min.dan 2 bo‘lim). Musobaqalashayotgan 2 jamoada 11 tadan o‘yinchi qatnashadi. Chim ustida xokkeyga o‘xshash o‘yinlar milloddan 2 ming yil avval ham Misr, Y...

batafsil

Dzyudo

Dzyudo (yaponcha dzyu — yumshoq, do — yo‘l) — sport yakkakurashi. Dzyudoga Yaponiyada professor Dzigoro Kano (1860—1938) 1882 yilda asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, Dzyudoni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi...

batafsil

Erkin kurash

Erkin kurash - sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida g‘oliblik uchun olishuvi. Erkin kurash musobaqalari diametri 9 m (yoki o‘lchami 12x12 m) sport maydonida o‘tkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78 va 78 kg dan ziyod vazn to...

batafsil

Figurali uchish

Figurali uchish - sport turi. Uning asosida konkida yuguruvchi sportchining muz ustida harakat yoʻnalishini oʻzgartirishi, aylanishlar va sakrashlar bilan bogʻliq maxsus xarakatlari yotadi. Ayollar va erkaklarning yakka holda, juft holda uchishi va sport raqslari boʻyicha musobaqalarni oʻz ichiga ol...

batafsil

Fristayl

Fristayl (inglizcha free - erkin, style - usul) - tog‘ chang‘i sporti turi. Fristaylning 3 ta turi bor: mogul, chang‘i baleta, chang‘i akrobatikasi. Mogul - past baland trassadan tog‘ chang‘isida tez tushish; Chang‘i baleti - tepalikdan turli shakllar (qadamlar, aylanishlar, burilishlar va boshqal...

batafsil

Futbol

Futbol (inglizcha foot — oyoq, ball — to’p) — sport o’yini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90—120 x 45— 90) da to’p bilan jamoa bo’lib o’ynaladi. Futbol to’pining og’irligi 410—450 g, aylana diametrining uzunligi 68—70 sm, o’yinning asosiy vaqti 90 minut (45 minutdan 2 bo’lim, 12—15 minut...

batafsil

Gandbol

Gandbol (nemischa hand - qo‘l, ball -to‘p), qo‘l to‘pi — sport o‘yini. 19-asr oxirida Yevropada paydo bo‘lgan. Daniyalik Xalger Nilson ixtiro etgan (1898). Gandbol uchun kattaligi 40x20 m li maydon kerak; og‘irligi 325—475 g, aylanasi 54—58 sm bo‘lgan charm to‘p bilan o‘ynaladi. Maydonning ikki tomo...

batafsil

Kamondan otish

Kamondan otish - sport turi. Diametri 40—122 sm doyra nishonga 18 — 90 m uzoklikdan 30 yoki 36 tadan o‘q uzilib ochko to‘planadi. Kamondan otish 15-asrda Shveytsariyada paydo bo‘lgan. Musobaqalarning hozirgi qoidalari 19-asr oxirida ishlab chiqilgan. Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgandan so‘ng...

batafsil