Futbol: O’zbekiston Olimpiya termasi Qatar bilan o’ynaydi

O’zbekiston Olimpiya terma jamoasi U23 (23 yoshdan katta bo’lmaganlar) o’rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi uchrashuvini 9 yanvarь kuni Qatar termasiga qarshi o’tkazadi. Bu haqda Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Bosh murabbiy Ravshan Haydarov rahbarligi ostidagi jamoa «A» guruhida Qatar (9 yanvarь, 16:30), Xitoy (12 yanvarь, 13:00) va Ummon (15 yanvarь, 13:00) bilan o’ynaydi.

Musobaqa 9−27 yanvarь kunlari Xitoyda bo’lib o’tadi, unda 16 jamoa ishtirok etadi. Yaponiya Osiyoning amaldagi chempioni hisoblanadi.

Поделиться 2018-01-08 10:00:25