Shaxmat turniri tugashiga 1 tur qolganda, g‘oliblar aniq bo‘ldi

 

Respublika shaxmat federatsiyasi zalida 8,10 va 12 yoshda bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Hali shaxmat turniri nihoyasiga etmasdan Xumoyun Bekmuratov, Olmos Rahmatullaev va Umida Omonovalar chempion bo‘ldi. 8 yoshlilar o‘rtasida o‘ynayotgan Xumoyun 8 tur natijalari bo‘yicha tengdoshlaridan 1,5 ochko o‘zib ketdi va o‘z hisobiga 7 g‘alaba va 1 durangni qayd etdi. Chempionlik nashidasini surayotgan Olmos Rahmatullaev  (12 yosh) ham shunday natija bilan chempionlikka erishdi. Surxondaryolik Umida Omonova bu borada o‘g‘il bolalardan o‘tib tushdi. U 12 yoshli tengdoshlaridan 2 ochko farq bilan chempionlikni muddatidan oldin nishonladi.

 Bugun so‘nggi 9-tur bo‘lib o‘tadi.

 
 
 
 
 
 
 
 
Поделиться 2018-01-22 15:01:49