Karatechilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Iordaniyaga jo’nab ketishdi

11-15 iyulь kunlari Iordaniyaning Amman shahrida karate WKF bo’yicha kattalar o’rtasida Osiyo chempionati bo’lib o’tadi. Ushbu musobaqada O’zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Terma jamoamiz Iordaniyaga quyidagi tarkibda yo’l oldi:

Erkaklar:

-55kg: Jahongir Nasimov
-60kg: Sadriddin Saymatov
-67kg: Iqboljon Uzoqov
-75kg: Dostonbek Otabolaev
-84kg: Shaxboz Axatov
+84kg: G’ofurjon Zoxidov

Ayollar:

-50kg: Bahriniso Babaeva
-55kg: Zulxumor Tursunalieva
-61kg: Barno Mirzaeva
-68kg: Dildor Annadurdieva

Shuningdek, Doniyor Abdullaev Kata yo’nalishida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Murabbiylar: O’ktam Bekpo’latov, Dilnoza Bakirova

Mazkur musobaqa karatechilarimiz uchun XVIII Osiyo o’yinlari oldidan tayyorgarlikning so’nggi va eng muhim bosqichi hisoblanadi. Ertaga, 11 iyulь kuni qit’a chempionati ishtirokchilari ro’yxatdan o’tib, vazn o’lchash marosimida ishtirok etishadi. 12 iyuldan musobaqaga rasman start beriladi.
Milliy olimpiya qo’mitasi Osiyo chempionatida sportchilarimizga omad tilab qoladi.

Manba

Поделиться 2018-07-11 09:08:21