Yosh dzyudochilarimiz Gonkong va Makaodagi reyting musobaqalarida ishtirok etadilar

13-14 iyulь kunlari Gonkongda, 20-22 iyulda esa Makaoda dzyudo bo’yicha o’smirlar o’rtasida Osiyo ochiq chempionati bo’lib o’tadi. Ushbu musobaqalar Buenos-Ayresda o’tkaziladigan o’smirlar Olimpiya o’yinlari uchun qimmatli reyting ballarini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.

O’zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqalarda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

-55kg: Maqsud Ochilov
-66kg: Jayhun Nazarov

-48kg: Sita Qadambaeva
-52kg: Nilufar Yermagambetova

Ayni paytda sportchilarimiz o’smirlar Olimpiya o’yinlariga yo’llanma qo’lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyatga egalar. 31 iyuldan so’ng bahslarda qaysi sportchilar ishtirok etishi aniq bo’ladi.

Manba

Поделиться 2018-07-12 09:27:17