Taekvondochilarimiz AQShdagi reyting musobaqasida ishtirok etadilar

11-14 oktyabrь kunlari AQShning Las-Vegas shahrida taekvondo bo’yicha G-2 turkumiga kuruvchi «President’s CUP» xalqaro reyting musobaqasi bo’lib o’tadi. Unda jahonning 70 ga yaqin davlatidan 1500 nafardan ziyod sportchi sovrinli o’rinlar uchun kurash olib boradi.

Ushbu turnirda Sobir Nazaraliev boshchiligidagi O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadilar.

Bahslarda yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladilar:

-63kg: Shahzod Jo’raev
-68kg: Jasurbek Jaysunov

-49kg: Madina Mannopova
-55kg: Madina Mirabzalova

Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa orqali taekvondochilarimiz Tokio 2020 Olimpiya o’yinlariga reyting ochkolarini yig’ishni boshlaydilar.

Milliy olimpiya qo’mitasi bellashuvlarda hamyurtlarimizga omad tilaydi.

Manba

Поделиться 2018-10-10 17:33:22