Yosh bokschilarimiz Qozog’istondagi xalqaro turnirda sovrindor bo’lishdi

Aktau shahrida afsonaviy qozoq bokschisi, Qozog’iston Respublikasida xizmat ko’rsatgan murabbiy Shokir Boltekuli xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir yakuniga yetdi.

«Mangistau arena» sport majmuasida bo’lib o’tgan boks musobaqasida Qozog’iston, Polьsha, Isroil, Suriya, Rossiya, Moldova, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistondan tashrif buyurgan charm qo’lqop ustalari ishtirok etishdi.

Xalqaro musobaqa yakunlariga ko’ra, besh nafar hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan o’rin olishdi.

-69kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bilolbek Mirzarahimov finalda qirg’izistonlik Damirdin uulu Daniyarni mag’lubiyatga uchratdi va oltin medalga ega chiqdi. -91kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Profsor Rorimsha kumush medalь bilan kifoyalandi. Foziljon Abdumurodov (-52kg), Bahromjon Fozilov (-81kg) va Obidjon Tohirov (+91kg) esa bronza bilan yurtimizga qaytishdi.

Musobaqa yakunida hakamlar qaroriga ko’ra Bilolbek Mirzarahimov va Damirdin uulu Daniyar o’rtasida kechgan bahs turnirning eng yaxshi jangi bo’ldi. Profsor Rorimsha esa «G’alabaga bo’lgan irodasi» yo’nalishida e’tirof etildi.

Manba

Поделиться 2018-10-11 09:55:40