«Binokor» «Semurg’»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Biroz avval xokkey bo’yicha O’zbekiston chempionati finalining navbatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi. «Binokor» va «Semurg’» jamoalarining bu bahsida «Semurg’» g’alaba qozonsa, mavsum chempionligini qo’lga kiritar edi. Biroq vaziyatga to’g’ri baho bergan «binokorchilar» raqibni yirik hisobda mag’lub etib, seriyalar bo’yicha hisobni 2:2 ko’rinishiga keltirdi.

Xokkey bo’yicha O’zbekiston chempionati. Final.

«Binokor» – «Semurg’» 5:2. (Seriyalar bo’yicha hisob 2:2)

Shunday ekan, finalning hal qiluvchi bellashuvida g’alaba qozongan jamoa chempionlikni qo’lga kiritadi. Klublarning so’nggi uchrashuvi 16 aprelь kuni o’tkaziladi.

Manba

Поделиться 2019-04-15 10:14:26