Kamonchilarimiz Jahon kubogi bosqichida ishtirok etishadi

20-26 may kunlari Turkiyaning Antalya shahrida kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Sayyoramizning eng mohir merganlari jam bo‘ladigan mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari ham g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Ta’kidlash joiz, sportchilarimiz ayni kunlarda Antalyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini doirasida bo‘lajak turnirga jiddiy hozirlik ko‘rishmoqda. Terma jamoa tarkibi quyidagicha:

Erkaklar:
Sardor Rustamov
Zokirjon G‘afurov
Jamshid Sodiqov
Abdulbori Aloviddin
Ayollar:
Munira Nurmonova
Ziyodaxon Abdusattorova
Kamola Yunusova
Anastasiya Soldatenko

Murabbiylar:
Gulnora Aripova
Anton Kurvyakov
Vladimir Lekvishvili (Turkiya).

Manba

Поделиться 2019-04-15 15:18:27