Murodjon Ahmadaliev meksikalik bokschiga qarshi ringga chiqadi

Professional boksda faoliyat olib borayotgan Murodjon Ahmadaliev navbatdagi jangi qachon bo’lib o’tishini ma’lum qildi. Unga ko’ra, sportchimiz 19 aprelь kuni meksikalik Karlos Karlsonga qarshi ringga chiqadi. Bo’lajak qarama-qarshilik AQShning Los-Anjeles shahrida bo’lib o’tadi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Karlson shu paytgacha 28 bor jang olib borgan bo’lib, ularning 23 tasida g’alaba qozongan (14 nokaut) va 5 bor mag’lubiyat alamini ta’tib ko’rgan. Murodjon Ahmadaliev esa 5 bor ringga ko’tarilib, ularning barchasida zafar quchgan. Ta’kidlash joiz, jang Toshkent vaqti bilan 20 aprelь kuni tong payti boshlanadi.

Manba

Поделиться 2019-04-16 09:11:21