O’zbekiston terma jamoasi vakillari Turkiyada milliy kamonchilik sirlarini o’rganishmoqda

Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan kamondan otish sporti dunyoning har bir mamlakatida rivojlanib bormoqda. Turkiyalik kamonbozlar milliy kamonlar yasash bo’yicha jahonda yetakchi hisoblanib, bugungi kunda ham o’z ishining ustalari bu hunarni davom ettirishmoqda. O’zbekiston kamondan otish federatsiyasi Turkiya etnosport va kamonchilar fondi konfederatsiyasi bilan hamkorlikni yanada keng yo’lga qo’ymoqda.

Ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha tuzilgan shartnoma bo’limlaridan birida sportchilarimizga milliy kamonlarni tayyorlash ham kiritilgan. Ushbu o’quv darslari O’zbekiston kamondan otish sportini rivojlantirish yo’lida qo’yilgan muhim jarayonlardandir. Yana bir qiziqarli jihati shundaki, O’zbekiston kamondan otish federatsiyasi tarixida bunday amaliyot hech qachon bo’lmagan.

Mazkur o’quv jarayonida quyidagi sportchilarimiz ishtirok etishmoqda:
1. Abbosjon Minavarov
2. Ergashbek A’zamov
3. Shamsiddin Abduqahhorov
4. Marina Savinova
5. Saidaxon Maksumova
6. Dilnozaxon Ahmadjonova

O’quv mashqi 1 aprelda boshlangan bo’lib, oy oxirigacha davom etadi. Kamonchilarimiz bilan turkiyalik mutaxassislarning o’zlari bu jarayonda ishtirok etishmoqda.

Manba

Поделиться 2019-04-16 09:30:14