Bugun Osiyo-Okeaniya chempionatida dzyudochilarimiz 3 ta medalь olishdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda BAAning Fujayra shahri dzyudo bo’yicha Osiyo-Okeaniya chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Quvonarlisi, bugungi kun bellashuvlari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur kun doirasida tatamiga chiqqan yurtdoshlarimiz 2ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg’arishdi. Kumush medallardan biri -70 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Gulnoza Matniyazovaga nasib etdi. Hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda dzyudo vatanidan bo’lmish yaponiyalik Shixo Tanakaga imkoniyatni boy berib qo’ydi.

Shuningdek, yana bir kumush medalni -81 kilogramm vazn toifasida kurashgan Sharofiddin Boltaboev qo’lga kiritgan bo’lsa, Hikmatilloh To’raev -73 kilogarmm vaznnig bronza medali uchun kechgan bellashuvlaridan birida tojikistonlik raqibini mag’lub etdi.

Kecha Diyora Keldiyorovaning erishgan muvaffaqiyati bilan hisoblaydigan bo’lsak, dzyudochilarimiz mazkur chempionatda jamg’argan medallari 1 ta oltin, 2 ta kumush hamda 1ta bronzani tashkil etmoqda.

Manba

Поделиться 2019-04-22 10:10:42