Poytaxtimizda para-atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi

Kecha poytaxtimizda para-atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi. Ushbu musobaqa kelasi yili Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga saralash vazifasini boshlab berishi bilan ahamiyatli. Unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar terma jamoa tarkibiga jalb qilinib, oldinda turgan musobaqalarga, xususan, Tokio Olimpiadasiga hozirlik ko‘rishadi. Shu bois ham Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan para-atletlar unda bor kuchini namoyish etishadi.
 
Garchi poytaxtimizda musobaqalar uchun noqulay ob-havo bo‘lishiga qaramasdan, ishtirokchilar o‘zlarining metin irodasi va g‘ayratini yana bir bor namoyon qilishmoqda. Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, OAV xodimlari va estradimiz yulduzlari ishtirok etishdi.
 

Kun tartibida balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, 100 va 200 metrlarga yugurish bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. E’tiboringizga musobaqaning ochilish marosimidan bir qator fotosuratlarni havola qilamiz.

 

 

Manba

Поделиться 2019-04-22 11:55:01