Sambo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Qozog’istondagi xalqaro turnirda ishtirok etdi

Sambo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Qozog’istonning Qizilo’rda viloyatida T. Komekboev xotirasiga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.Mazkur musobaqada umumjamoa hisobida terma jamoamiz a’zolari jami 4 ta medalni qo’lga kiritishdi.

-52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan sambochimiz Fathiddin Abduxalimov bronza, +100 kg vaznda Hakmijon Ismoilov kumush medalini qo’lga kiritgan bo’lsa, Ne’mat Yoqubov (-90 kg) va Nodir Mirxoliqov (-100 kg) shohsupaning eng yuqorisidan o’rin olib, oltin medallarga ega chiqishdi.

Manba

Поделиться 2019-05-06 10:23:39