Gandbolchi qizlarimiz Mo’g’ilistondagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda

Ayni kunlarda Mo’g’ilistonning Ulan-Bator shahrida gadbol bo’yicha qizlar o’rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasi taqvim rejasidan o’rin olgan “Trophy” musobaqasining Markaziy Osiyo bosqichi bo’lib o’tmoqda. 17 va 19 yoshgacha bo’lgan toifalarda kechayotgan mazkur turnirda terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishmoqda. Musobaqada, shuningdek, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston jamoalari ham qatnashyapti.

Bugun musobaqaning ikkinchi kun bellashuvlari bo’lib o’tdi. Unda o’smirlarimiz tojikistonlik raqibalariga qarshi maydonga chiqishdi. Hamyurtlarimizning yaqqol ustunligida kechgan bahs 58:4 hisobida yakunlandi. Yoshlar jamoamiz esa mezbonlarga qarshi o’yinda 48:21 hisobida ustun kelishdi.

Ayni paytda qit’amiz bo’ylab musobaqaning mintaqaviy bosqichlari o’tkazilmoqda. Reglamentga ko’ra har bir hududdan 2 tadan jamoa musobaqaning Osiyo bosqichiga yo’l olishadi.

Manba

Поделиться 2019-05-10 10:24:13