Bugun bokschilarimizning Sankt-Peterburgdagi musobaqada ishtiroki boshlanadi

Bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida an’anaviy “Gubernator kubogi” musobaqasi start oladi. Turnirda ishtirok etayotgan O’zbekiston terma jamaosi vakillari ham ushbu kun doirasida ringga chiqishadi. Bugungi dasturda 3 bokschimiz jang olib borishi belgilab qo’yilgan. Ringga chiqadigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-60 kg: Otabek Xolmatov – Daniel Xellene (Mavrikiy)
-64 kg: Zoirjon Jumanazarov – Olivera Vanderson (Braziliya)
+91 kg: Obidjon Tohirov – Magomed Abdullaev (Ozarbayjon)

Bugungi janglar Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Manba

Поделиться 2019-05-10 10:26:58