Parakanoechimiz Tokio-2020 Paralimpiada litsenziyasini qo'lga kiritdi

Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Tokio olimpiadasiga yo'llanma beruvchi jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqaning o'tkazilgan navbatdagi kuni terma jamoamiz uchun omadli o'tdi.

Parakanoening VL3 yo'nalishida bahs olib borgan vakilimiz Hayitmurod Sherqo'ziyev 200 metr masofada kelasi yili Tokioda bo'lib o'tadigan Paralimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz final bahsida marraga to'rtinchi bo'lib yetib keldi. Reglamentga ko'ra finalda dastlabki olti o'rinni egallagan ishtirokchilar Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlari yo'llanmasiga ega bo'lishadi va bu natija bilan hamyurtimiz kelasi yil Tokio Paralimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan bp'ldi.

Parakanoe bp'yicha JCh. Vengriya
VL3-200 metr, erkaklar.
1. Kurtis Makgret (Avstraliya) – 47.52
2. Kaio de Karvalyu (Braziliya) – 47.53
3. Styuard Vud (Buyuk Britaniya) – 48.42
4. Hayitmurod Sherqwziev (O'zbekiston) – 48.52

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bunday muvaffaqiyat bilan Hayitmurod Sherqo'zyievning o'zi, yaqinlari va oila-a'zolarini muborakbod etib qoladi. Umid qilamizki, 25 avgustga qadar davom etadigan musobaqada qo'lga kiritiladigan litsenziyalarimiz soni yanada ko'payadi.

 

Batafsil

 

Поделиться 2019-08-23 11:04:10