Bugun gandbolchilarimiz JCh yo'llanmasi uchun bahs olib borishadi

Ayni kunlarda Hindistonning Jaypur shahrida gandbol bo'yicha 18 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib wtmoqda. Bugungi kun dasturida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionati yo'llanmasi uchun maydonga chiqadilar.

“A” guruhida Janubiy Koreya, Yaponiya terma jamoalaridan mag’lubiyatga uchragan yoshlarimiz Bangladesh termasi ustidan g’alabaga erishdi. Beshinchi o'rin uchun kechgan o'tish bahsida esa musobaqa mezbonlari 35:34 hisobida mag’lub etildi. Shu tariqa hamyurtlarimiz bugun beshinchi o'rin uchun Xitoy Taipei jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi. Ushbu raqib mag’lub etilsa, qizlarimiz kelasi yili Franciyada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishadi.

 

Batafsil

Поделиться 2019-08-29 10:35:59