Bugun ikki bokschimiz ringga ko'tariladi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqaning to'rtinchi kuni doirasida ikki nafar nomdor vakillarimiz ringga ko'tarilishadi.

Ushbu kun dasturida -52 kilogramm vazn toifasida Rio olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov saralash bosqichi doirasida turkmanistonlik raqibiga qarshi ringga ko'tarilsa, -63 kilogrammda Elnur Abduraimov Jazoir vakili bilan hisob-kitob qiladi.

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Ixlas Gulijanov (Turkmaniston) (A ring, taxminiy boshlanish vaqti – 16:00)
-63 kg: Elnur Abduraimov – Reda Benbaziz (Jazoir) (B ring, taxminiy boshlanish vaqti – 17:00).

Eslatib o'tamiz, bungacha -75 kilogramm vaznda Fanat Qahramonov hamda -81 kilogrammda Dilshodbek Rwzmetov mo'g’ilistonlik raqiblarini mag’lub etib, muvaffaqiyatli start olishgan edi.

 

Batafsil

 

Поделиться 2019-09-12 11:11:52