Butunjahon yelkanli sport turlari federatsiyasiga yangi bosh direktor saylandi

 

Butunjahon yelkanli sport turlari federatsiyasi bosh direktor etib Devid Grem saylandi. Taʼkidlash kerakki, Devid Grem bu sohada qariyb 20 yillik tajribaga ega inson hisoblanadi. Mutaxassis ushbu lavozimda 2020-yilning 13-iyulidan ish boshlaydi.

Grem faoliyati davomida mazkur sport va federatsiya boʻigʻnlaridagi sotuv boʻlimi, tadbirlar tashkil etish boʻlimi, murabbiylik, homiylik ishlari, shuningdek, bosh direktor hamda boshqaruvchi direktor lavozimlarida ishlagan.

Uning soʻnggi ish joyi esa Oman Sail tashkiloti boʻlgan. Devid Grem 2009-yildan 2020-yilgacha Oman davlatida yelkanli sportni rivojlantirish va targʻib qilish boʻyicha faol ish olib borgan.

Eslatib oʻtamiz, Butunjahon yelkanli sport turlari federatsiyasining amaldagi prezidenti Kim Andersen hisoblanadi.

Manba

Поделиться 2020-05-12 18:03:42