Butunjahon kamondan otish federatsiyasi Olimpiya saralash musobaqlari muddatini 2021-yilga koʻchirdi

Butunjahon kamondan otish federatsiyasi Tokio-2020 olimpiya saralash musobaqlari muddatini 2021-yilga koʻchirdi. Shu tariqa bu yil Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini beradigan musobaqalar oʻtkazilmaydigan boʻldi.

Saralash turnilarida Tokio-2020 da ishtirok etish huquqini beradigan barcha kvotalar bu oʻrinlarni egallagan mamlakatlar federatsiyalari ixtiyorida saqlanib qoladi. Milliy federatsiyalar Tokio-2020 da ishtirok etadigan sportchilarni oʻzlari tanlaydi.

Ayni paytda Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini beradigan 128 ta oʻrindan 87 tasi oʻz egalarini topgan. Bugungi kunda Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini beradigan 140 oʻrindan 93 tasi taqsimlab boʻlingan. 2020-yilda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini beradigan hech qanday musobaqalar oʻtkazilmaydi.

Avval belgilab qoʻyilgan barcha saralash musobaqalari 2021-yilga koʻchiriladi. Bu faqat Olimpiya oʻyinlari final saralash musobaqalariga taalluqli emas. Bu turnir bevosita Fransiya poytaxti – Parijda oʻtkaziladigan Hyundai kamondan otish boʻyicha Jahon kubogi bosqichidan avval boʻlib oʻtadi. Jamoaviy yoʻnalishda oʻynaladigan jahon miqyosdagi litsenzion turnir iyun oyida Berlin (Germaniya) shahrida boʻlib oʻtishi lozim edi. Tashkilotchilar mazkur musobaqani Jahon kubogi doirasida oʻtkazib yuboradigan boʻlishdi.

2021-yil mavsumi musobaqlalari muddatining toʻliq roʻyxati koronavirus pandemiyasi chegaralashlari yumshatilganidan keyin eʼlon qilinadi.

 

Manba

Поделиться 2020-05-13 17:47:20