Zamonaviy beshkurash boʻyicha jahon chempionatining yangi muddati maʼlum boʻldi

Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi litsenziyali jahon birinchiligini oʻtkazish muddatini eʼlon qildi. Zamonaviy beshkurash boʻyicha jahon birinchiligi “Tokio-2020” uchun litsenziyani qoʻlga kiritish imkonini beradigan turnirlar roʻyxatidan oʻrin oldi.

Zamonaviy beshkurash boʻyicha Olimpiadadan avval reja qilingan barcha xalqaro musobaqalar 2021-yilning 24-martidan 13-iyungacha oʻtkaziladigan boʻldi.

Yangi tavqimga koʻra, zamonaviy beshkurash boʻyicha jahon chempionati 2021-yil 7-13-iyun kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida boʻlib oʻtadi. Avval eʼlon qilinganidek, zamonaviy beshkurash boʻyicha dunyo birinchiligi “Tokio-2020” uchun litsenziya yoki saralashda hisobga olinadigan reyting ochkolarini qoʻlga kiritish imkonini beradigan yakunlovchi musobaqa boʻladi.

Kvalifikatsiya musobaqalariga, shuningdek Jahon kubogi bosqichlari ham kiritildi. Ular quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:


– Budapeshtdagi Jahon kubogi bosqichi (24-28-mart);
– Sofiyadagi Jahon kubogi bosqichi (7-11-aprel);
– Sofidagi Jahon kubogi bosqichi (ikkinchi start, 15-18-aprel);
– Seuldagi Jahon kubogining final bosqichi (13-16-may).

Manba

Поделиться 2020-05-15 17:32:22