Atletlar komissiyasining saylovi kelasi yilga qoldirildi

Koronavirus xavfi sabab yirik sport musobaqalari qatori mazkur sohadagi katta saylovlar ham 1 yilga qoldirilmoqda. Xususan, Tokio Olimpiadasi arafasida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) Atletlar komissiyasi yangi aʼzolari uchun saylov boʻlib oʻtishi ham rejalashtirilgan edi.

Biroq XOQ Ijroiya qoʻmitasi mazkur saylovni kelasi yilga qoldirdi. Ilgari saylovni onlayn tarzda oʻtkazish masalasi ham koʻrilgan boʻlsa-da, yakunda barchasi boshqacha xotima topdi.

XOQ Atletlar komissiyasi 6 yil muddatga bir nechta jahon sporti afsonalaridan tashkil topgan kichik guruh boʻlib, uning vazifasi XOQ va jamoatchilik oldida sportchilar manfaatini himoya qilishdan iborat boʻladi. Eslatib oʻtamiz, yangi saylov uchun koʻrsatilgan nomzodlar orasida oʻzbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitinaning ham nomi keltirib oʻtilgan.

Manba

Поделиться 2020-05-15 17:37:06