Shaxmatchilarimiz ShHTga a’zo mamlakatlar vakillari o‘rtasidagi musobaqada muvaffaqiyat qozonishdi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “2021 SCO National Chess Online Team Tournament” turniri o‘tkazildi. Musobaqa aylanma tizimda tashkil etildi va unda 9 mamlakatdan (O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Belarus, Mo‘g‘uliston, Qirg‘iziston) 10 ta jamoa ishtirok etdi.

Turnirda yurtimiz sharafini uch grossmeyster Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyev himoya qilishdi. Vakillarimiz o‘tkazilgan 9 o‘yindan 7 tasida g‘alaba qozonishdi va 2 o‘yinda durangga imzo chekdilar. Tabiiyki, bu ishtirokchilar orasida eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi va shaxmatchilarimiz birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Manba

Поделиться 2021-10-19 21:35:49