Velosiped sporti
Velosiped sporti - velosiped bilan trek, shosse, past-baland joyda poyga qilish, shuningdek figurali yurish, velobol va velopolo musobaqalari. Yevropada 1860-yillarda paydo bo‘lgan. 1896 yildan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. 1893 yildan trekda, 1921 yildan shosseda, 1929 yildan yopiq binolarda, 1950 yildan kross bo‘yicha jahon birinchiliklari o‘tkaziladi.
Xalqaro velosipedchilar uyushmasiga (UCI; 1900 yil asos solingan) 152 mamlakat a’zo. 1997 yil O‘zbekistan Velosiped sporti federatsiyasi qayta tashkil qilindi. Shu yili Velosiped sportidan 6 xalqaro sport ustasi tayyorlandi. O‘zbekistonda yetishib chiqqan M. Kolyusheye, Sh. Zaxriddinov, A. Jamoliddinov, F. Galiullina va boshqalar jahon birinchiligi uchun o‘tkazilgan poygalarning g‘oliblaridir.