Boks

Boks (ingizcha box — mushtlash, zarb) — sport turi, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qo‘lqoplarda qoida asosida yakkamayakka mushtlashish musobaqasi. Boks tarixi miloddan avvalgi davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi. Yunoniston qadimgi Olimpiya o‘yinlari dasturida ham shunday musobaqalar bo‘lgan. Zamonaviy Boks vatani Angliyadir (16—17-asrlar). Boksning dastlabki qoidalari shu mamlakatda qabul qilingan (1867). Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA; 1946 yil asos solingan) 160 mamlakat a’zo (1999). Boks 1904 yildan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan, 1974 yildan jahon chempionati, 1979 yildan jahon kubogi musobaqalari o‘tkazib kelinadi. Boks musobaqasi arqonlar bilan o‘ralgan 6x6 m o‘lchamli ring (supa)da o‘tkaziladi. Bokschilar og‘irligi 270 g (10 untsiya) qo‘lqoplardan foydalanishadi. Musobaqa 2 minut (daqiqa)dan 4 raund (bo‘lim) davom etadi. Raundlar orasida 1 daqiqadan tanaffus beriladi. Musobaqa vaktida raqib yiqilganda, hakam kurashni to‘xtatgandan keyin, shuningdek beldan pastga, bosh tananing orqa qismiga zarb berish mumkin emas. Ringdagi hakam (referi) musobaqani boshqaradi, ring atrofidagi 5 nafar hakam berilgan aniq zarblarni hisoblab boradi. Natijada ko‘p ochko (xol) to‘plagan Bokschi g‘olib deb topiladi. Zarb ta’sirida garangsiragan (nokdaun) holatga tushgan Bokschining o‘ziga kelishi uchun referi kurashni vaqtincha to‘xtatadi va hisob ochadi. 10 srch. (soniya) vaqt ichida u kurashga tayyor ekanini bildirmasa referi uni nokaut bo‘lgan (engilgan) deb hisoblaydi. Tomonlardan biri raqibini nokaut qilsa, ochkolar farqini 15 taga yetkazsa, shuningdek bir tomon yengilganini tan olsa (murabbiyi arqonga sochiq tashlasa), referi tomonidan chetlatilsa, zarb ta’sirida tanasining jarohatlangan joyidan qon okishi kamaymasa (tibbiyot xodimi xulosasiga ko‘ra) kurash muddatidan oddin to‘xtatiladi va ikkinchi tomon g‘olib sanaladi. Xalqaro Boks musobaqalari 12 vazn toifasida (48, 51, 54, 57, 60, 63,5, 67, 71, 75, 81, 91 kg gacha va 91 kg dan yuqori) tashkil etiladi. Asosiy musobaqalarga 18 yoshga to‘lganlar qo‘yiladi. 16—17 va 14—15 yoshlilar o‘rtasida ham musobaqalar uyushtiriladi. Shuningdek, ayrim federatsiyalar Boksni ommalashtirish maqsadida o‘smir o‘spirinlar o‘rtasida 12 tadan ko‘proq vazn toifasida ham musobaqalar o‘tkazishadi.

Jahonda professional Bokschilar (Boksni kasbga aylantirganlar) o‘rtasida to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Ularni jahon Boks kengashi (WBC), jahon Boks assotsiatsiyasi (WBA), xalqaro Boks federatsiyasi (IBF) va jahon Boks tashkiloti (WBO) uyushtiradi. Professional Boksda qo‘lqoplar birmuncha yengil — taxm. 227 g (8 untsiya), raundlar soni 6, 8, 10, 12 ta bo‘ladi. Har bir raund 3 daqiqadan. Musobaqalar 17 vazn toifasida (47,627; 48,988; 50,802; 52,163; 53,524; 55,338; 57,153; 58,967; 61,235; 63,503; 66,678; 69,853; 72.575; 76,203; 79,379; 88,450 kg gacha va 88,450 kg.dan yuqori) tashkil etiladi. U. Pep, S. Liston, MuhammadA/sh, J. Formen, M. Tayson, E. Xolifild (AQSh), L. Lyuis (Buyuk Britaniya) kabi professional Bokschilarning nomlari mashhur.

O‘zbekistonda Boksni rivojlanish tarixi SSSR da xizmat ko‘rsatgan ustoz Sidney Djakson Lvovich nomi bilan uzviy bog‘liq. U yengil vaznda Amerikadagi eng mashxur bokschilardan biri edi. Birinchi jahon urushini Sidney Djaksonni Peterburgda turne o‘tkazayotgan vaqtda qarshi oldi. AQSh ga qaytish vaqtinchalik mumkin emas edi. Rossiyada AQSh elchixonasidan uyga qaytishga ruxsat ololmagach, Djakson Tavsiya xatlari bilan Toshkentga jo‘nab ketdi. Shu yerda uni Oktyabr inqilobi qarshi oldi va u shu yerda qolishga ahd kildi. Fuqarolik urushi yillarida Sidney Djakson internatsional brigada a’zosi, xalq ishi uchun qo‘rqmas kurashchi edi. Fuqarolik urushi tugagandan so‘ng, Djakson Toshkentga qaytib keldi va sport buyicha murabbiy etib tayinlandi. O‘zbekistonda boksni rivojlanish tarixi shu vaqtdan boshlanadi.
1921 yilda Ikkinchi Urta Osiyo Olimpiadasida birinchi boks bo‘yicha ko‘rsatgich janglar o‘tkazilgan. 1922 yilda Samarqand shahrida ham boks bo‘yicha ko‘rsatgich chiqishlar tashkil etilgan.
SSSR da birinchilik ahamiyatini kasb etgan, “Dinamo” tomonidan tashkillashtirilgan yirik shaharlararo musobaqa Moskvada 1923 yilda bo‘lib o‘tdi. 1922 yildan 1926 yilgacha Buxoro viloyati Kogonda boks bo‘yicha murabbiylik qilgan Konstantin Nikitin o‘rta vaznda birinchilikni qo‘lga kiritgan. General-leytenant Biyazi rahbarlik chog‘ida V.I.Lenin nomidagi harbiy bilim yurtida ham boks sektsiyasi tashkil etilgan.
Nikolay Ovsyannikov rahbarlik qilayotgan “Gerkules” jamiyatida ham 1924-1925 yillarda boks sektsiyasi o‘z faoliyatini olib borgan.
1926 yilda Konstantin Nikitin (hozirda professor, tibbiyot fanlari doktori), birinchi SSSR chemponatida ishtirok etib ikkinchi o‘rinni olgan va kumush medalga sazovor bo‘lgan,.
1928 yilda L.Lyubitskiy va A.Kisilev yangi boks sektsiyalari tashkil etishdi. Mashqlar jarayonida sportchilar bir vaqtning o‘zida sportning har-hil turlari bilan shug‘ullanishgan, bu esa o‘z vaqtida shug‘ullanuvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirgan va sog‘lig‘ini mustahkamlagan. O‘zbekistonlik bokschilar mashq qilish uslubi professional bokschilar uslubini eslatardi, chunki S.L.Djaksonni o‘zi Amerikalik professional bokschi edi. Bu vaqtda Sovet Ittifoqining turli shaharlariga bokschilarning juda ko‘p chiqishi amalga oshirilmoqda edi, bu zsa o‘z vaqtida o‘zbek boks maktabining rivojlanishiga olib kelar edi. Boks sektsiyalari oliy o‘quv yurtlarida tashkil etildi, Toshkent Davlat Universitetida, tibbiyot, politexnika institutlarida.
O‘rtaosiyo industrial instituti talabalari T.Baybekov, S.Aganov, N.Kashirin, A.Abdurasulov, T.Akayev Respublikadagi 1936-1938y.talabalari o‘rtasidagi eng kuchli bokschilar deb hisoblanar edi. Ularni S.L.Djakson mashq qildirgan.
Birinchi O‘zbekiston birinchiligi musobaqalari 1935 yilda o‘tkazilgan, bu paytda Respublikamizning Kogon, Qo‘qon, Farg‘ona, Andijon shaharlarida boks rivojlangan edi.

Eng yengil vaznda birinchi o‘rinni egallagan Davidov R. (Toshkent)
Eng yengil vaznda Lyubitskiy L. (Toshkent)
O‘rta yengil vaznda Loshinin (Toshkent) Yengil vaznda Udalov (Farg‘ona)
Yarim o‘rta vaznda Indin (Toshkent)
O‘rta vaznda Derenikyan (Toshkent)
O‘rta og‘ir vaznda Gongadze (Toshkent)

1935 yilda Qo‘qonda Moskvalik boks ustasi Pilov boks maktabiga rahbarlik qilgan, Toshkentga esa mashhur bokschi Petr Fastov bir oyga taklif qilingan, u Respublika terma jamoasi bilan o‘quv amaliy mashg‘ulotlar olib borgan.
1936 yilda Toshkentga og‘ir vaznda SSSR chempioni N.Korolev tashrif buyurgan. O‘zbek bokschilari M.Frank, A.Borzenko, G.Gungadze, A.Abdurasulov, I.Davidov va boshqalar N.Korolev bilan birgalikdagi mashqlar jarayonida jangda yangi taktik rejalarini va raqibni og‘ir axvolga solib qo‘yish usullarini o‘rganishar edi. Shu yil Toshkentda pionerlar saroyi ochildi, shu saroyda S.L.Djakson boshchiligida boks sektsiyasi faoliyat yuritar edi, u yerdan Vladimir Karpov, hozirda Sovet uyushmasining qahramoni, SSSR yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi, B.Gazizov, A.Borzenko, Mixail Mesh, A.Sidorov, K.Grigoryants, G.Xurmanvin kabi ajoyib bokschilar yetishib chiqqan.
1936-1937 yillarda ta’til vaqtida Toshkent jismoniy tarbiya bilim yurtida markaziy jismoniy san’at oliygohining talabasi A.Fedyayev ishlagan, o‘qishni tamomlagach esa u Toshentga ishlagani kelgan.
1939 yilda boks MHSh majmuasiga ikkinchi darajali bo‘lib qo‘shildi. Bu murabbiylarga bokschilarni har tomonlama tarbiyalash vazifasini berdi, “Ochiq ring” singari musobaqalar o‘tqazila boshladi, boshqa Respublika bokschilari bilan uchrashuvlar , o‘smirlar boksi mashhurlasha boshladi.
Urush oldi yillarida O‘zbekistonnig mashhur boschilari: M.Mesh, Z.Titov, B.Araxedyam, M.Frank, A.Borzenko,V.Karpov,F.Gazizov, Gongadze, L.Lyubitsiy, A.Fedyayev, Puusep va boshqalar.
Urush ko‘p sportchilarni sport mashg‘ulotlardan ajratib oldi va sportchilarimizning iroda jangovorlik xislatlariga sinov bo‘ldi. Ko‘p o‘zbek bokschilari frontga ketishdi va qahramonliklar ko‘rsatishdi. Vladimir Karpov urush yillarida o‘z razvedchik do‘stlari bilan 79 tilni qo‘lga olishda ishtirok etgan va Sovet uyushmasining qahramoniga aylangan. Boks, sport bilan shug‘ullanish uni urush yillarida tirik qolishiga yordam bergan. Hozirda Vladimir Vasilevich Karpov - yozuvchi, ko‘pgina asarlar muallifi, SSSR yozuvchilar Uyushmasining birinchi kotibi.
O‘zbekistonnig bir necha marotaba chempioni Andrey Borzenko afsonaviy jasorat ko‘rsatdi. Yaralangan holatida u fashistlarga asir tushib Buxenvald kontslageriga yuborilgan edi. Urushgacha u O‘zbekison chempioni ekanligini bilib qolishgach, musobaqa uyushtirishdi, Borzenko bu musobaqada Germaniyalik chempion bilan uchrashdi. Ochlikdan holsizlangan, yaralangan Borzenkoga do‘stlari g‘amxo‘rligi uni berkitib ovqatlantirishayotgani kuch berdi. Jangga chiqqan Borzenko o‘zining mustahkamligini, yurtiga muhabbatini ko‘rsatib jangni yutdi, dushmanni nokautga uchratdi.
Urush yillarida Toshkent va Respublikaning boshqa shaharlaridagi boks sekiyalari ish faoliyatini to‘xtatmadi. Endi ular frontga ishchi kuchlari tayyorlashar edi, Boks suvor harbiy va hunarmandchilik bilim yurtlarida harbiy-jismoniy tayyorgarlik dasturiga kiritilgan edi. O‘zbekistonda birinchi sport ustalari aka-uka Davidovlar bo‘lishdi, ular SSSR chempionatlarida sovrindorlar edi. Ilya Davidov uch karra sovrindor bo‘lgan (1944,1946,1947 yillarda), Ruben Davidov esa 1945 yilda.
1946 yilda O‘zbekiston bokschilari Sovet uyushmasining birinchiligida ishtirok etib, norasmiy hisobda umumiy guruhlar aro 4-o‘rinni egallashdi. Guruh tarkibida bo‘lganlar: aka-uka Ruben va Ilya Davidovlar, L.Goroxovskiy, O.Pirojko, B.Gazizov, guruh murabbiyi S.L.Djakson.
1947 yilda O‘zbekiston bokschilari mamlakat birinchiligida (o‘smirlar va kattalar) ishtirok etib, umumiy guruhlar aro beshinchi o‘rinni egallashdi. Bu vaqt oralig‘ida yangi o‘zbek bokschilari nomi paydo bo‘ldi: A.Zisman, J.Shadqbekov, L.Burov, I.Izakov, A.Galiaskarov, A.Anisimov, L.Djakson, S.Liberman.
1948, 1950, 1952, 1954, 1957 yillarda boks qo‘shilgan O‘rtaosiyo Respublikalari va Qozog‘istonda Spartakiadalar bo‘lib o‘tgan. Har xil vaqtda sovrindor bo‘lganlar: A. Zisman (yarim o‘rta vaznda), Ye.Kuznetsov (o‘rta vaznda), M.Frank (o‘rtaog‘ir vaznda), V.Agaronov (1. Eng yengil vaznda, 2.o‘rtayengil vaznda), N.Xusnutdinov (engil vaznda), F.Vasilev (engil vaznda), A.Topchiy (o‘rta vaznda), A.Baranov (og‘ir vaznda). Lekin guruh xisoboti bo‘yicha O‘zbekiston bokschilari doim Qozog‘istondan keyingi ikkinchi o‘rinda bo‘lishgan.
Vladimir Agronov, Fedor Vasilev vaAleksey Baranovlar shu vaqtda SSSR sport ustalari bo‘lishgan.1954 yilda SSsR da bo‘lib o‘tgan guruhlar birinchiligidagi O‘zbekiston boschilarining qatnashishini eng yaxshi deb xisoblasa bo‘ladi, u yerda ular to‘qqizinchi o‘rinni egallashgan. Guruh uchun respublika chempionlari Sh.Zakirov (kichigi), V.Agaronov, V.Mikryukol, F.Vasilev, Sh.Zakirov (kattasi), N.Xusnutdinov, S.Polyakov, V.Misyura, Ye.Kuznetsov, I.Yusupovlar ishtirok etishgan. “Sovet sporti” gazetasida o‘zbek bokschilarinig texnik taktikasi va jismoniy tayyorgarligi ancha yaxshilanganligiga urg‘u berilgan edi.
SI Spartakiadasi boshlanishi, O‘zbekistonda boksning ommaviy rivojlanishiga olib keldi. Quyidagi jadvalda O‘zbekistonlik sportchilar Sovet Ittifoqimillatlari orasida qanday natijalarga erishganliklari ko‘rinib turibdi.

  1956 1959 1963 1967 1971 1975 1979 1983 1986 1991
Jami nishonlar 1 1 4 2 3 6 2 3 3 7
Oltin - - - - 2 1 - 1 - 1
Кumush 1 1 1 1 - 2 1 1 1 1
Bronza     3 1 1 3 1 1 2 5
Jamoaning egallagan o'rni 15 8 5 5 6 2 6 8 10 4

 O‘zbekiston jamoasining muvafffaqiyati SI millatlari VI-yozgi Spartakiadasida (umumiy jamoa natijalariga ko‘ra 2-o‘rin, 6 ta medal jumladan: 1 ta oltin medal- R.Riskiyev (75kg), 2 ta kumush F.Pak (54kg), N.Anfimov (81kg), 3 ta bronza- I.Mullayev (48 kg), A.Kadir-Axunov (63,5 kg.), V.Yudin (67 kg) ko‘tarildi.

1973 yil o‘smirlar o‘rtasidagi SIKubogida O‘zbekiston terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
1978 yil Toshkentda o‘tkazilgan Butunitiffok maktab Spartakiadasida O‘zbekiston bokschilari umumiy jamoalar orasida 1-o‘ringa sazovor bo‘ldilar.

   

 

1990 yilga kelib, respublikamizning 4 ta bolalar sport jamiyati (PR «d» «TR» SA)da, ShISPda 4 ta bo‘lim: Toshkentda 1 ta, Andijonda 1 ta, Samarqandda 2 ta xamda 35 ta boks bo‘limi jumladan 82-Bolalar-o‘smirlar sport maktabida, 3-Bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida boks sport turi keng targ‘ib qila boshlandi.
1928 yilda O‘zbekiston Boks Federatsiyasi tashkil etildi. Federatsiyaga Sidney Lvovich Djekson 20 yildan ortiq raislik qildi. Hozirgi kunda Federatsiyaga «O‘zbekiston temir yullari» Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi raisi Ramatov Achilbay Jumaniyazovich raislik qilmokda.
Gazetalardagi maqolalar va faxriylar bilan bo‘lgan savol-javoblarga qaraganda,chempionatlar (avval birinchiliklar) 1935 -yildan buyon o‘tkazilib kelinmokda. Urushga qadar davrgacha M.Mesh, I.Davidov, A.Borzenko, M.Frank, A.Fedyayev, B.Aralexyam V.Titovlar bir necha marta chempionlikni qo‘lga kiritishgan. Urushdan keyingi davrdan to 1957- yilga qadar aka-uka Davidovlar, I.Ivanov, L.Djakson, M.Ortember, S.Liberman, F.Vasileva, N.Xusnutdinov, V.Baxarev, V.Vorobev, V.Agoropovlar ko‘pkarra chempionlik unvoniga sazovor bo‘lishgan. 1957-1967 yillarda esa A.TSoy, R.Raxmanov, T.Gulyamov, A.Tonchiy, V.Krestnikov, B.Granatkin, I.Budman, V.Sharov, Ye.Sherstnev, X.Sadikov, A.Baranov, V.Ostrovskiy, P.Xarlamtun, V.Bazarnov, A.Morshnev va boshqalar chempionlik belbog‘ini taqishgan.
O‘zbek boks maktabi ayniqsa 1967-1976 yillarda rivojlandi. Ushbu yillarda iqtidorli bokschilarni yetishtirib bergan yangi boks markazlari ochilgan, jumladan Samarkand boks maktabini tashkil etib, istiqboli porloq bokschilarni tarbiyalagan O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan Panarin Anatoliy Romanovichdir. Maktabda aka-uka Aleksandr va Nikolay Anfimovlar, N.Savilev, A.Nazarov, M.Gabrielov, A.Saakov, M.Xasanovlar tarbiyalanib, SSSR SS terma jamoasi a’zoligida Xalkaro musobakalarda ishtirok etishgan. Bular orasida Halkaro toifadagi sport ustasi, o‘smirlar o‘rtasida Ovropa chempioni, SI chempionati sovrindori, Myunxendagi XX Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi Nikolay Anfimov yorqin yulduzga aylandi. Farg‘onada ringning uz ustalari X.Sadikov, V.Yudin, A.Shpilev, V.Garenko, Ye.Kochkin va boshqalar paydo bo‘lishdi.
Farg‘ona regionining rahnomasi Xalkaro toifadagi sport ustasi, SI chempionatlari finalisti va sovrindori, xalkaro turnirlarning g‘olibi Vladimir Yudindir. Markazdan yiroqda KKASSR Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham boks ustalari yetishib chiqdi. A.Kanashkin o‘smirlar o‘rtasida SSSR birinchiligi g‘olibi, M.Abreymov va M.Nurikeyev o‘smirlar o‘rtasida SI Kubogi sovrindorlari, Butunittifok maktab spartakiadasi g‘olibi T.Ibragimovlar shular jumlasidandir.
Boks bo‘yicha barcha tadbirlar markazi bo‘lmish Toshkentda SI chempionlari, SS va xalkaro turnirlar g‘oliblari yetishib chikdi. SIchempionligini birinchi bo‘lib yengil vazn toifasida Xalqaro toifadagi sport ustasi Mehnat zaxiralari tarbiyalanuvchisi Nikolay Xromov qo‘lga kiritdi. U 1970 yilda hurmatli unvonni ko‘lga kiritib, keyingi yili ushbu muvaffakiyatni yana qaytardi. 1971 yil Yevropa birinchiligida ham sovrindor bo‘ldi. Hozirgi vaqtda Xromov Nikolay Dmitriyevich Moskvada yashab, yoshlar o‘rtasida SI terma jamoasi murabbiyi lavozimida ishlamoqda.
Rufat Riskiyev albatta jamoa rahnamosi bo‘lib - SIda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, 1974 yil jahon chempioni, Monrealdagi XXI Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi, bir necha bor SI chempioni va sovrindori, ko‘pgina xalkaro turnirlar g‘olibi. Uning murabbiyi SIda xizmat ko‘rsatgan murabbiy B.A.Granatkindir.
Ushbu davr mobaynida O‘zbekiston o‘zining bokschilari bilan dong taratdi. SI chempionati, xalkaro turnirlar finalisti, sovrindorlari aka-uka Grigoriy va Izolt Mullayevlar, Abdulla Kadir-Axunov, Kurishko Viktor, Shabelnikov V., Yefimov Viktor, Niyazov Boris, Pak M., Mogilin G., Usmanov Botir, Li A., Grubov D., Alekseyev V. va boshqalar O‘zbekiston bayrog‘ini, shuhratini dunyoga taratishdi.
B.P. Norkin, V.P.Romanov, Sh.S. Kasimov, A. D. Din, N.X. Xusnutdinov, V.G. Boychenko kabi respublikada xizmat ko‘rsatgan atoqli murabbiylar guruhi vujudga keldi. Guruhga respublikada xizmat ko‘rsatgan murabbiy, biologiya fanlari nomzodi Frank Mixail Borisovich rahbarlik qildi.
R. Riskiyev, aka-uka Anfimovlar, aka-uka Mullayevlar, V. Yudin, A. Kadir - Axunov, V.Kurishko, D. Grubov kabi yetakchi bokschilar katta ringda o‘z chiqishlarini nihoyasiga yetkazishlari, 1977 yil F.Pak SI chempioni bo‘lishiga qaramasdan boksda natijalarni pasayib ketishiga olib keldi. 1978 yilda O‘zbekiston o‘quvchilar jamoasi Butunittifok spartakiadasida birinchi o‘rinni egalladi. 1981 yilda esa SIchempionatida O‘zbekistondan uch nafar chempion:
Abdukodirov Zoir - Angren «D» 48 kg.
Vasilenko Sergey - Farg‘ona «SA» 71 kg.
Shin Vladimir - Olmalik «SA» 81 kg.

1984 yilda Rinat Trishayev -81 kg. SI chempioni.
Terma jamoaning asosiy natijasi SI xalqlari Spartakiadagi ishtiroki bo‘ldi, keyinchalik natijalar pasayganligini jadvalda ko‘rishimiz mumkin (1979 y. 6-o‘rin, 1983 y. 8-o‘rin, 1986 y. -x).
F.Pak, S.Vasilenko, V.Shin, X.Makchanov, G.Ilyasovlar SSSR (xalqaro toifadagi) sport ustaligi bo‘yicha belgilangan me’yor talablarini bajardilar.
Vladimir Shin - 1979 yil Jaxon Kubogi g‘olibi, 1981, 1983 yillarning ikki karra SSSR chempioni, 1982 yil Jaxon chempionati bronza medali sohibi.
Gamlet Ilyasov (Samarkand PR) - 1987 yil o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati g‘olibi.

O‘zbekistonda o‘sha yillarda Tolib Isroilov, Qosim Raximov, Ilyas Raximdjanov, Artur Grigoryan, Alisher Axrorov, Isomitdin Parpiyev, Igor Bunin, Farxod Arslanov, Igor Medvedev, Bulat Belorasov, Xamid Tursunov, Farxod Bakirov, Nariman Atayev, Ilya Juravlev kabi kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi bokschilarning yangi nomlari, SSSR birinchiligi sovrindorlari paydo bo‘ldi. Vladimir Nikolayevich Shin O‘zSSSR terma jamoasining murabbiyi etib tayinlandi.

1990 yil Sietlda ilk marotaba o‘tkazilgan “Yaxshi Niyat” o‘yinlarida Artur Grigoryan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

1991 yilda Artur Grigoryan Minsk shahrida o‘tkazilgan Sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadasi chempioniga aylandi. Ushbu musobaqada Oleg Maskayev kumush, X.Tursunov, N. Sultanov, N. Atayev, M. Kitabov, I. Buninlar bronza medalni qo‘lga kiritib, umumkomanda hisobida uchinchi o‘rinni egalladilar.
1991 yil O‘zbekiston mustaqil respublika maqomiga ega bo‘lgandan so‘ng, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining gerb va bayrog‘iga ega davlat sifatida musobaqalarda ishtirok eta boshladi.
1991 yil A. Grigoryan Avstraliyada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionati kumush sohibiga aylandi.
1992 yil A. Grigoryan MDH Chempionatida oltin, B.Belorasov bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Sportchilarimizning Tampera shahrida (Finlyadiya) o‘tkazilgan jahon chempionatida ilk bor mustaqillikdan so‘ng ishtirok etishi 1993 yildagi eng muhim voqea bo‘ldi. 51 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan Hikmatilla Ahmedov kumush medal sovrindoriga aylandi.

1994 yil Xirosima shahrida sportchilarimizning Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki natijalari juda salmoqli bo‘ldi. Xususan, iqtidorli bokschilaridan A. Avazboyev va O.Maskayev 91 kg gacha va 91 kg dan yuqori bo‘lgan eng og‘ir vazn toifalarida ishtirok etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandilar. G‘alabalari sharafiga O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangradi. Narimon Otayev (67 kg) va Dilshod Yorbekov (75 kg) bronza medal sovrindorlariga aylandilar.

1995 yil Germaniya poytaxti Berlin shahridagi Jahon chempionatida Dilshod Yorbekov (75 kg) bronza medalni qo‘lga kiritdi.

1996 yil Atlanta shahri (AQSh)dagi XXVI Olimpiya o‘yinlarida o‘zbek bokschilari mustaqil jamoa sifatida ilk bor ishtirok etdilar. Karim To‘laganov shiddatli janglarda, qatnashib, bronza medali sohibiga aylandi.

1997 yil Budapesht shahrida (Vengriya) bo‘lib o‘tgan IX jahon chempionatida terma jamoamiz safida qatnashgan R.Chagayev jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.

1998 yil O‘zbekiston bokschilari butun Osiyo mintaqasida eng kuchli ekanliklarini yana bir bor namoyish etib, Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilgan navbatdagi Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladilar. 64 kg vazn toifasida Muxammadqodir Abdullayev , 81 kg Sergey Mixaylov vazn toifasida va 91vazn toifasida Ruslan Chagayev Osiyo o‘yinlari chempionlariga aylandilar. To‘rt nafar sportchimiz 57 kg vazn toifasida T.Turg‘unov, 75 kg vazn toifasida D. Yarbekov , 54 kg vazn toifasida T. Tulyakov , 60 kg T. Sulaymonov kumush, 67 kg vazn toifasida N. Atoyev va 91 vazn toifasida L.Zakirov bronza medali sohibiga aylandilar.

1999 yil bokschilarimizning Xyuston shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tgan X Jahon chempionatida qatnashib ulkan yutuqlarga erishdilar. Bunda andijon boks maktabi vakillaridan M. Abdullayev (64 kg), O‘. Xaydarov (75 kg) oltin, T. Turg‘unov (57 kg) kumush medalga sazovor bo‘lib, umumkomanda hisobida uchinchi o‘rinni egalladilar.

2000 yil Sidney, Avstraliyadagi XXVII Olimpiya o‘yinlarida, jahon boksi yetakchilaridan biri M.Abdullayev Olimpiya chempioniga aylandi. S.Mixaylov (81 kg) va R.Saidov ( 91) Olimpiya o‘yinlari bronza medallariga sazovor bo‘ldilar.

2001 yil Belfast shahridagi (Shimoliy Irlandiya) Jahon chempionatida 91 kg vazn toifasida R.Chagayev oltin, 75 kg vazn toifasida O‘.Xaydarov, 64 kg vazn toifasida Sh.Xusanov bronza sovrindoriga aylandi.

2002 yil Pusan (Koreya)da o‘tkazilgan 14 Osiyo O‘yinlarida 64 kg vazn toifasida D.Maxmudov, 91 kg vazn toifasida U.Xaydarov, 54 kg vazn toifasida I.Berdiyev, 91 kg vazn toifasida R.Saidov, 81 kg vazn toifasida S.Mixaylov oltin, 60 kg vazn toifasida B.Xidirov kumush, 69 kg vazn toifasida B.Sarsekbayev, 64 kg vazn toifasida Sh.Xusanov, 71 kg vazn toifasida S.Naimovlar bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

2003 yil Tailand shahridagi (Bangkok) Jaxon Chempionatida 64 kg vazn toifasida Sh.Xusanov kumush, 57 kg vazn toifasida B.Sultanov, 64 kg vazn toifasida R. Saidovlar bronza medali sohibiga aylandilar.

2004 yil Afina (Gretsiya)dagi Olimpiya o‘yinlarida 54 kg vazn toifasida B.Sultanov va 81kg vazn toifasida O‘.Xaydarovlar bronza medalini qo‘lga kiritdilar.

2005 yil Xitoydagi Jahon Chempionatida 64 kg vazn toifasida D.Maxmudov kumush, 81 kg vazn toifasida U.Xaydarov, 91 kg vazn toifasida J.Matchonov bronza medal sohibiga aylandilar.

2006 yil Doxa (Qatar)dagi 15 Osiyo O‘yinlarida 57 kg vazn toifasida B.Sultonov, 75 kg vazn toifasida E.Rasulov, 91 kg vazn toifasida R.Saidov oltin, 91 kg vazn toifasida J.Matchonov kumush, 60 kg vazn toifasida B.Xidirov, 64 kg vazn toifasida D.Maxmudovlar bronza medalini qo‘lga kiritdilar.

2007 yil Chikago (AQSh) dagi Jahon Chempionatida 81 kg vazn toifasida A.Atoyev oltin medal sovrindoriga aylandi.

2008 yil- Pekin (Xitoy) dagi 29 Olimpiya O‘yinlarida 60 kg vazn toifasida D.Maxmudov va 81 kg vazn toifasida E. Rasulov 5 o‘rinni egalladilar.

2009 yil Milan (Italiya)dagi Jahon Chempionatida 75 kg vazn toifasida A.Atoyev oltin, 81 kg vazn toifasida E.Rasulov kumush, 57 kg vazn toifasida B.Sultonov, 69 kg vazn toifasida B. Maxmudovlar bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

2010 yil Guanjou shahridagi (Xitoy) Osiyo chempionatida 81 kg vazn toifasida Elshod Rasulov oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo Chempioniga aylandi. 75 kg vazn toifasida A. Atoyev va 69 kg vazn toifasida U.Raxmonovlar kumush, 64 kg vazn toifasida S.Raxmonov va 60 kg vazn toifasida X. Tadjiboyev bronza medallarga sazovor bo‘ldilar.

2011 yil Baku shahridagi (Ozarbayjon) 52 kg vazn toifasida J.Latipov va 81 kg vazn toifasida E.Rasulov bronza medal sovrindori bo‘ldilar.

2012 yil London shahridagi (Buyuk Britaniya) Olimpiya O‘yinlarida 75 kg vazn toifasida Aboss Atoyev bronza medal sovrindori bo‘ldi.

 

 


 
2013 yil Qozog‘istonning Almati shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan jahon Chempionatida vazni 52 kg.gacha bo‘lgan Jasurbek Latipov kumush medal sohibiga aylandi.  81 kg vazn toifasida Oybek Mamazulunov  bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Поделиться