Radiosport

Radiosport - sportning texnik turi, qisqa va ultra qisqa to‘lqinlarda havaskorlik radioaloqalarini o‘rnatish, radiogrammalarni tez qabul qilib olish va uzatish, “tulki ovi” (pelengator-priyomniklar yordamida maxfiy uzatgich - “tulki”ni izlash) va boshqa bo‘yicha turli kompleks musobaqalarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro radiohavaskorlik ittifoqi (1925 yil tashkil etilgan)ga 128 mamlakat a’zo (1987). Jahon chempionatlari 1925 yildan buyon o‘tkaziladi.


O‘zbekistonda Radiosport 1954 yildan paydo bo‘lgan. Respublika Radiosportchilari sobiq ittifoq va jahon musobaqalarida muntazam qatnashib mukofotli o‘rinlarni egallaganlar. Yu.P.Kormayev, S.M.Kirvitskiy, G.G.Tursunov, S.D.Juravlev, S.Krasikov, M.V.Ribalov, Y.Rahimov radiosportning rivojlanishiga kata hissa qo‘shdilar.

Hozirgi vaqtda Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Xorazm viloyatlarida radiotexnika maktablari, shuningdek, sporttexnika klublarida Radiosport bo‘yicha 200 ga yaqin sektsiyalar ishlab turibdi.

Поделиться