Suvga sakrash

Suvga sakrash - sport turi; tramplindan (1 va 3 m) va minoravishka (5; 7,5; 10 m)dan Suvga sakrash usullari bor. Suvga sakrash turli xil aylanishlarni o‘z ichiga oladi va suvga kalla yoki oyoq tashlab kam suv sachratib tik tushish bilan tugaydi. Suvga sakrashning dastlabki holatda old tomon bilan turib va teskari turib, qo‘llarga tayanib turib, aylanishlar yo‘nalishlari bo‘yicha - oldinga, orqaga va buralib-buralib; murakkabligi bo‘yicha - murakkablik koeffitsiyenti (soni va buralishlarning murakkabligi)ga ko‘ra sakrash ko‘rinishlari bor. Sport turi sifatida Suvga sakrash 19-asr o‘rtalarida Germaniyada paydo bo‘lgan. 1890 yil dastlabki xalqaro musobaqalar o‘tkazilgan.

Yevropa chempionati 1926 yilda, jahon chempionati 1973 yilda o‘tkazilgan. Olimpiada o‘yinlari dasturiga 1904 yil (ayollar uchun 1912 yil) kiritilgan. Olimpiada musobaqalari tramplinda turib 5 ta majburiy yarim aylanib sakrash va ayollar uchun 5 ta erkin sakrash hamda erkaklar uchun 6 ta erkin sakrash, minorada turib 4 ta majburiy va ayollar uchun 4 ta, erkaklar uchun 6 ta erkin sakrash mashqlaridan tashkil topadi. Musobaqalar 2 bosqichda - dastlabki va final (8 eng kuchli sportchi ishtirokida) bosqichda o‘tkaziladi. Har 2 holda ham dasturni sportchilar to‘liq bajarishlari kerak.

Поделиться