Tog‘ chang‘i sporti

Tog‘ chang‘i sporti - maxsus yo‘lakchalar bo‘ylab tog‘dan tushish, chang‘i sportinnnt tarkibiy qismi. Unga slalom (chang‘ida sun’iy yoki tabiiy to‘siqlar osha tepalikdan pastga tez tushish), ulkan slalom, tezlik bilan tushish va ko‘p kurash musobaqalari kiradi. Musobaqa qoidalarini 1 marta angliyalik A. Lunn (20-asrning 20-yillarida) kiritgan. 1 musobaqa 1923 yil Shveytsariyada bo‘lgan. 1930 yildan jahon birinchiligi musobaqalari muntazam o‘tkazib turiladi. 1936 yildan qishki Olimpiada o‘yinlari dasturidan joy olgan.

 

O‘zbekistonda Tog‘ chang‘i sporti musobaqalari, asosan, Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon bazasi majmuasida o‘tkaziladi. Tog‘ chang‘ichilari har yili 2 marta (yozda va qishda) respublika birinchiligi va O‘zbekiston kubogi bahslarida kuch sinashadilar. “Qishki ta’tillar”, “Chimyon sovrini” musobaqalari eng kuchli tog‘ chang‘ichilarini to‘playdi. Sport ustasi G‘ayrat Ermetov yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatining 2 ta kumush medaliga sazovor bo‘lgan. 2004 yilgi O‘zbekiston chempioni Kseniya Grigoreva ayollar o‘rtasida yetakchi tog‘ chang‘ichisidir. O‘zbekiston Tog‘ chang‘i sporti uyushmasi (1998 yil tuzilgan) xalqaro Tog‘ chang‘i sporti federatsiyasi (FIS) ga qabul qilingan.

Поделиться