Triatlon

Triatlon (uchkurash) —  multisport turi bo‘lib, unda ishtirokchilar uch bosqichdan uzluksiz ketma-ket o‘tishi kerak bo‘ladi: suzish, velopoygava yugurish, ularning har biri mustaqil bosqichli sport turi sanaladi.   Triatlonning turli xil modifikasiyalari mavjud bo‘lib, ular tashkil etuvchi sport turlari va ketma-ketligi bilan ajralib turadi, ammo hozirgi vaqtda eng ommabop va yagona Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgani suzish, velosiped va yugurish bosqichini o‘z ichiga oladi. Musobaqalar bir nechta standart va ko‘plab nostandart masofalarda o‘tkaziladi.

Tarixi

Triatlonning ildizlari 1920—1930-yillarda Fransiyada o‘tkazilgan poygalarga borib taqaladi, ular "La Course des Debrouillards" (so‘zma-so‘z tarjima qilinganda fransuzchadan - "Topqirlar poygasi") deb yuritilgan. Bugungi kunda bu poyga har yili Fransiyada Joinville-le-Pon, Myolan-an-Ivlin va Puassi yaqinida o‘tkaziladi. Ilk marta zamonaviy triatlon kabi musobaqalarni 1920-yilda fransuzlarning "L’Auto" gazetasidan topish mumkin edi, unda " Les Trois Sports " deb nomlangan musobaqa haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: 3 km - yugurish masofasi, 12 km. - velosiped masofasi va Marna kanali bo‘ylab suzib o‘tish. Bu uch qism hech qanday uzilishlarsiz davom etdi.

Fransuz gazetalarida 1927-yilda Marseldagi poyga haqida ham ta’kidlab o‘tilgan.

1934-yilda La-Roshel  shahrida " Les Trois Sports " musobaqalari uchta tarkibdan iborat bo‘lgan yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi: kanalni kesib o‘tish (200 m), La-Rosheli porti va Laleu parki atrofida velosport musobaqasi (10 km). va Andre-Barbeau stadionida yugurish (1200 m). Shunday qilib, zamonaviy triatlon tushunchasi o‘sha paytda paydo bo‘lgan deb to‘xtalib o‘tish joiz.

1930-yillarning o‘rtalaridan boshlab, 1974-yilgacha, turli ixtisoslikdagi bir guruh sportchi do‘stlar Janubiy Kaliforniyadagi (AQSH) San-Diyego ko‘rfazi yaqinida klub tashkil qilib, birgalikda mashg‘ulot o‘tkaza boshlagan paytgacha triatlon musobaqalari haqida deyarli hech qanday ma’lumot yo‘q edi. Ular orasida yuguruvchilar, suzuvchilar va velosipedchilar bor edi va tez orada mashg‘ulotlar norasmiy poygalarga aylandi.

Jek Jonstoun (Jack Johnstone)  va Don Sanaan Don Shanahan) tomonidan o‘ylab topilgan va boshqargan, birinchi Mission Bay triatloni 1974-yil 25-sentyabrda 46 nafar sportchi ishtirokida o‘tkazilgan. Ushbu sana zamonaviy qisqa triatlonning tug‘ilgan kuni sifatida nishonlanadi.

Poyganing borishi

Suzish

Musobaqalar suzish bilan boshlanadi. Barcha ishtirokchilarning qirg‘oqdan, pontondan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri suvdan (uzoq triatlonda) ommaviy starti mavjud. Suv harorati past bo‘lsa (odatda IRONMAN triatlon qoidalariga ko‘ra +24,5 ° C dan yuqori bo‘lmagan) qalinligi 5 mm gacha bo‘lgan gidrokostyumlarga ruxsat beriladi. Odatda suzish suzish mozlamasi va arqonlar bilan tortilgan uchburchak marshrut bo‘ylab boradi. Marshrut uzunligini har bir o‘z istagicha qisqartirish uchun penalti belgilanadi yoki diskvalifikasiya qilish mumkin. Sportchilar o‘zlari yoqtirgan har qanday suzish uslubidan foydalanishlari mumkin, ammo eng samaralisi erkin (krol)uslubidir 

 Velosiped poygasi

Suvdan chiqqandan so‘ng, sportchilar tranzit hududida kiyimlarini almashtiradilar, velosipedlariga o‘tirishadi, velosiped bosqichi boshlanadi. Oziq-ovqat stansiyalari masofa bo‘ylab joylashgan, ammo malakali mutaxassislarga texnik yordam ko‘rsatish taqiqlanadi. Qisqa triatlonda odatda an’anaviy guruh poygasida yo‘l velosipedlaridan foydalaniladi, IRONMAN triatlonida esa individual velosiped velosipedlariga o‘xshash velosipedlardan foydalaniladi.

Xalqaro triatlon ittifoqining yo‘l velosipedlari qoidalariga ko‘ra, rulga o‘rnatilgan qisqa "to‘shak" dan foydalanishga ruxsat beriladi. "To‘shak" tormoz tutqichlarining o‘ta qismlarini bog‘laydigan chiziqdan oldinga chiqmasligi kerak. "To‘shak" ning o‘zida hech qanday chiqadigan qismlarga ega bo‘lmasligi kerak yoki "to‘shak" ning chiqadigan qismlari jumper (plastik qo‘shimcha yoki bir necha qatlamli elektr lenta) bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Taqiqlangan uzun "to‘shaklar", masalan, individual vaqt sinovlari da velosipedda ishlatiladiganlar. Oldindagi sportchining orqasiga yashirinish orqali aerodinamikani yaxshilash qobiliyati tufayli qisqa triatlonda "drafting" dan hech qanday foyda bo‘lmaydi.

Olimpiya triatlonida velopoygada ya’ni sportchilar guruhda bo‘lsagina, draftingga ruxsat beriladi, 

Ironman drafting triatlonida taqiqlanadi, sportchi oldingi velosipeddan yoki hakamning mashinasidan ma’lum (taxminan 10-15 metr) masofani bosib o‘tishi kerak, shuning uchun velosipedning aerodinamikasini olish juda muhim bo‘ladi. 

Yugurish 

Asosiy qoida shundaki, sportchi oyoqlarida harakat qilishi kerak. 

Bosqichlararo almashish 

Bosqichlararo almashish tartibiga rioya qilish qat’iy tartibga solinadi (suzish -> velosiped -> yugurish). 

Sportchilar boshqa sportchilarga (velosipedlarini tayyorlashda yoki kiyim almashtirishda) xalaqit bermasliklari kerak. Ular velosipedlarni faqat poygadan oldin va keyin o‘zlariga belgilan gan hududda qo‘lda harakatlantirishlari mumkin. Dubulg‘a poyga boshlanishidan oldin qo‘yilishi va velosiped maxsus rampaga yoki buning uchun belgilangan joyga o‘rnatilgandan keyin olib tashlanishi kerak. 

Kiyim almashtirishda yalang‘och ko‘rinish jahon standartlari bo‘yicha tanlov qoidalari bo‘yicha taqiqlangan. 

Velosiped haydash bosqichida raqam belgisi sportchining orqa tomonida, yugurish bosqichida - ko‘kragida bo‘lishi kerak. Sportchi har bir bosqich uchun belgilangan vaqt chegarasini o‘tashi lozim bo‘ladi. 

Jazolar 

Musobaqa vaqtida sportchilar bir-biriga xalaqit berishga haqli emas. Agar bu suzish paytida sodir bo‘lsa, unda uning oxirida sportchi 15 soniyaga kechiktiriladi. Agar bu velosiped haydash yoki yugurish paytida yuz bersa, sportchi sariq kartochka bilan ogohlantiriladi. Keyin u to‘xtab, musobaqani davom ettirish uchun ruxsat berilishini kutishi kerak. Xavfli harakatlar yoki takroriy qoidabuzarliklar ro‘y berganda, sportchi unga qizil kartochka ko‘rsatgandan so‘ng musobaqadan chetlashtirilishi mumkin. Bir bosqichda ikkita sariq kartochka avtomatik ravishda qizil rangga aylanadi va sportchi musobaqadan chiqarib yuboriladi.

Поделиться