Bobsley
Bobsley — sport turi; yaxlit metalldan yasalgan chanalarda tepalikdanmaxsusmuzlatilgantrassalar bo‘ylab uchish. Chanalarning o‘zi ham bobsley deb ataladi. Chanalar 2 va 4 o‘rinli bo‘lib, faqat erkaklar musobaqalashadilar. 2 o‘rinli chananing uz. 2,7 m, og‘irligi 165 kg, ekipajning vazni 200 kg dan oshmasligi kerak. 4 o‘rinli chanada bu ko‘rsatkichlar tegishlicha 3,8 m, 230 kg, 400 kg dir.
Bobsley sport turi sifatida 19-asrning oxirida Shveytsariyada paydo bo‘lgan. Xalqaro Bobsley va toboggan federatsiyasi (FIBT; 1924 y. asos solingan)ga 50 mamlakata’zo. 1924 yildan kishki olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan, shu yildan jahon chempionatlari o‘tkaziladi. AQSh, Shveytsariya, Germaniya, Italiya sportchilari bobsleyda eng ko‘p muvaffaqiyatga erishganlar.
