Qoyaga ko‘tarilish
Qoyaga ko‘tarilish (ingl. rock climbing) — bu tabiiy yoki sun’iy relflarga ko‘tarilishdan iborat sport turi va faol dam olishga kiradi. Alpinizmning bir turi sifatida paydo bo‘lgan qoyaga ko‘tarilish bugungi kunda mustaqil sport turiga aylandi. 2016-yil 3-avgustda qoyaga chiqish sporti XOQ tomonidan 2020-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarining Olimpiya dasturiga kiritildi.
Qoyaga ko‘tarilishning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Tog‘li hududlarni o‘zlashtirish va hayotga moslashish jarayonida inson tomonidan qoyali relflarni oshib o‘tish usuli sifatida qoyaga chiqish ancha uzoq vaqt oldin paydo bo‘lgan. Qoyaga ko‘tarilish utilitar kundalik vazifalarni (ov qilish, tog‘larda eng qisqa yo‘llarni topish va hokazolar) hal qilish uchun emas, balki o‘ziga ishonch bildirish, sport muammolarini hal qilish ya’ni o‘ziga xos tarzda faol dam olish va ushbu sport turi XIX asrda tog‘li hududlarda paydo bo‘lgan.
Bo‘sh vaqtda qoyaga ko‘tarilish esa Yevropada keng tarqaldi: Germaniyaning qoyali hududlari (Sakson Shveysariyasi, Sittau tog‘lari va boshqalar), Avstriya (Tirol Alp tog‘lari), Shotlandiya, Irlandiya, Shveysariya va boshqa mamlakatlarning qoyalarini o‘z ichiga oladi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarda 20-asr boshlarida Yosemit milliy bog‘ida qoyaga ko‘tarilish vujudga keladi va barqaror rivojlana boshladi.
Dunyoda qoyaga ko‘tarilish rivojlangani sari yangi hududlar o‘rganildi. Hozirgi vaqtda dunyoda 2500 dan ortiq qoyaga ko‘tarilish zonalari mavjud.
20-asrning ikkinchi yarmida qoyaga chiqish butun dunyoda tan olingan sport turiga aylandi, unda muntazam ravishda xalqaro musobaqalar o‘tkazib kelinadi.