Sport turlari
Akademik eshkak eshish
Akademik eshkak eshish - eshkak eshish sporti turi, akademik qayiqlardagi poygalar. 19-asr birinchi yarmida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan. Eshkak eshish jamiyatlari xalqaro federatsiyasi (FISA, 1892 yil asos solingan) ga 71 mamlakat a’zo (1991 yil). Akademik eshkak eshish 1900 yildan olimpiya o‘yi...
batafsilAlpinizm
Alpinizm (Alp tog‘i nomidan) — sport turi, turli murakkab to‘siqlardan o‘tib tog‘ cho‘qqilariga ko‘tarilish. Alpinizm uch sinfdan — traverslar (dovon oshish, tog‘ tizmalari va etaklaridan o‘tish), murakkab chiqish (tik tog‘larga chiqish) va baland tog‘larga ko‘tarilishdan iborat. Alpinizm sport turi...
batafsilAviatsiya sporti
Aviatsiya sporti - sport turi: vertolyot sporti, aviatsiya modelini yasash sporti, parashyut sporti, deltaplaner sporti va samolyot sportiga bo‘linadi. Aviatsiya sportini ommalashtirish bilan O‘zbekiston mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti shug‘ullanadi. Aviatsiya sporti 1964 yildan r...
batafsilAvtomobil sporti
Avtomobil sporti, avtomobil poygasi — sport avtomobillari va seriyali avtomobillarda o‘tkaziladigan poyga, sport turi. Birinchi avtomobil poygasi 1894 yil 18 noyabrda Frantsiyada Parij-Ruan-Parij yo‘nalishi bo‘yicha 1200 km masofada o‘tkazilgan. Qoidaga muvofiq tezlik cheklangan (soatiga 12,5 km) ed...
batafsilAykido
Aykido (yap. 合気道) — bu Morixeyem Uesiba tomonidan uning jang san’atlari, falsafasi va diniy e’tiqodlarining sintezi sifatida yaratilgan jismoniy va ruhiy amaliyotlarning zamonaviy yapon majmuasi. Ko‘pincha aykido "hayot energiyasini birlashtirish yo‘li" yoki "ruhni uyg‘unlashtirish usuli" deb tarji...
batafsilBadiiy gimnastika
Badiiy gimnastika - sport turi, buyum (tasma, koptok, halqa, arg‘amchi) bilan va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish bo‘yicha ayollar musobaqalari. Xalqaro sport musobaqalarining hozirgi zamon dasturida ko‘p kurash (bitta majburiy va buyumlar bilan uchta erkin mash...
batafsilBadminton
Badminton (Angliyaning Badminton shahri nomidan) — patli koptok (volan)ni raketka bilan urib o‘ynaladigan tennisga o‘xshash sport o‘yini. O‘yin to‘rtburchakli maydonchada (yakkama-yakka uchrashuvlarda maydoncha o‘lchovi 13,4x5,2 m va juftli o‘yinlarda 13,4x6,1 m) 1,55 m balandlikda tortilgan to‘rda ...
batafsilBasketbol
Basketbol (ing. basket — savat, ball — to‘p) — sport turi, 3,05 m balanddagi savatli halqaga to‘pni qo‘lda tashlab o‘ynaladigan jamoa o‘yini. Basketbol mashg‘uloti va musobaqalari uchun to‘rtburchak maydoncha (o‘lchami 26x14 m) yoki zal (balandligi 7 m) talab qilinadi. Har bir jamoada 12 nafardan o‘...
batafsilBaydarka va kanoeda eshkak eshish
Baydarka va kanoeda eshkak eshish — sport turi, poygalar va slalomdan iborat. Baydarka va kanoeda eshkak eshish musobaqalari 19-asrning 60-yillarida Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida eshkakchilar klublari paydo bo‘lgandan so‘ng boshlandi va avval baydarkalarda, keyin kanoeda sport poygalari o‘tkaz...
batafsilBiatlon
Biatlon (bi va yunoncha athlon—musobaqa)—qishki sport turi, chang‘ida yugurish va ma’lum marralarga kelib miltiqdan otish, ya’ni ikki marta (chang‘i poygasi va otishda) musobaqalashish. Biatlon 17-asr 70-yillarida Norvegiyada paydo bo‘ldi. 1718 yil Shvetsiya Norvegiya urushida jang maydonida to‘liq ...
batafsil