O'zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2022 saralash o'yinlariga tayyorgarligi qay tarzda o'tmoqda?
.jpg)
O'zbekiston milliy terma jamoasi bir necha kundan beri Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi Chimyon tog’ yonbag’irlarida yig’in o'tkazmoqda.
Vadim Abramov shogirdlari JCh-2022 va Osiyo Kubogi 2023 qo'shma saralash bosqichlariga tayyorgarlik ko'ryapti. 20 maydan mashg’ulotlarga kirishgan jamoa tarkibi hali to'lganicha yo'q. Eldor Shomurodov A Seriyada mavsum endi yakunlangani bois tez orada safga qo'shiladi.
Kecha yig’inga BAAdan qaytgan Jaloliddin Masharipov hamda WoFK kubogida ishtirok etgan “Nasaf” vakillari kelib qo'shilishgandi.
2021-05-25 11:51:07