Olimpiadada ilk bor qatnashayotgan qizlarimiz yarim finalga chiqishdi

Olimpiadada ilk bor qatnashayotgan qizlarimiz yarim finalga chiqishdi

 

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida ilk bor ishtirok etayotgan qizlarimiz Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova Tokio-2020 Olimpiadasining yarim finaliga yo‘l olishdi.

Juftlik dasturida 500 metr masofaga o‘tkazilayotgan musobaqada vakillarimiz chorak finalni muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. Ikkinchi guruhda startga chiqqan qizlarimiz 2:04.450 daqiqa vaqt bilan ikkinchi bo‘lib marraga yetib kelishdi va yarim finalga yo‘l oldilar.

Endi ular ertaga yarim final bosqichida final yo‘llanmasi uchun startga chiqishadi.

Manba

 

Поделиться 2021-08-06 12:17:16