Olimpiada sovrindori Davlat Bobonov yangi sovg‘a qilingan xonadonga bordi (foto)

Олимпиада совриндори Давлат Бобонов янги совға қилинган хонадонга борди (фото)

Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan sovg‘a qilingan mashina va xonadonlar kaliti topshirilgan edi.

Bugun dzyudo bo‘yicha Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov oilasi bilan yurtboshimiz tomonidan sovg‘a qilingan «Trailblazer» avtomobilida ikkinchi mukofot – yangi xonadoniga tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi saytida fotolavha e’lon qilindi. 

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

«Olimpiya o‘yinlarida sportchilar o‘z yurti, nomi, oilasi sharafini himoya qiladi. Mening vatanim uchun ko‘rsatgan mana shunday kichik xizmatim mana shunday baholanganidan juda ham baxtiyorman. Kelgusi Olimpiya o‘yinlarida bu menga juda katta motivatsiya beradi», – dedi Olimpiada sovrindori Davlat Bobonov.

Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sohiblariga poytaxtimizda qad rostlayotgan «Greenpark» kompleksidan 2 xonali uy sovg‘a qilindi.

 

 

Manba

Поделиться 2021-08-11 11:37:22