Faoliyatini Olimp cho‘qqisida yakunlagan Oksana: «Shunday tugaganidan xursandman»

Faoliyatini Olimp cho‘qqisida yakunlagan Oksana: «Shunday tugaganidan xursandman» (foto, video, infografika)

Kollaj

O‘tgan yakshanba, 8-avgust kuni 32-Yozgi Olimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Muxlislarsiz o‘tsa-da, Tokio-2020 dan unutilmas taassurotlar qoldi. Pandemiya sharoitida sport bayramining o‘tkazilishi dunyo ahlining sarosima va qo‘rquvlarini aritdi, biroz bo‘lsa-da yuqori kayfiyat va umid berdi.

Tokio Olimpiadasi yangi nomlarni kashf etdi, shu bilan birga, ayrim afsonalar bilan xayrlashdik. Oksana Chusovitina...

Oksana 46 yoshida sakkizinchi Olimpiadasiga bordi. Aksariyat gimnastikachilar faoliyatini 25 yoshidayoq yakunlaydi...

Chusovitina sportchilik faoliyatini to‘xtatishini Kunchiqar yurtda, Olimp cho‘qqisida e’lon qilishida ramziylik bor.

Qarsaklar sadolari ostida ko‘zda yosh bilan xayrlashish uchun oxirgi marta platformaga chiqqan Oksana kameraga ishora qilib, yuragini ko‘rsatdi: «Muxlislik qilganingiz uchun sizga katta rahmat!».

 

 

Manba

Поделиться 2021-08-12 12:29:02