Qizlarimiz jahon chempionatini 13-o‘rinda yakunlashdi

Isroilning Netaniya shahrida suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. Kecha bo‘lib o‘tgan bahslarda 13-16 o‘rinlarni band etgan terma jamoalar nomi maʼlum bo‘ldi.

 

1

Eʼtiborlisi, JAR terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda qizlarimiz o‘z irodalarini namoyish etishdi va 12:9 hisobi bilan g‘alaba qozonib, O‘zbekiston suv polosi tarixida yangi sahifa ochishdi. Taʼkidlash kerak, hali vaterpolchilarimiz Jahon chempionatlari tarixida 13-o‘rinni egallashmagan edi.

Ёpionati medallari uchun kurash esa Italiya, Ispaniya, Gretsiya va Vengriya terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Yarim finalda italiyalik qizlar Ispaniya termasiga qarshi bahs olib borishsa, ikkinchi juftlikda Gretsiya – Vengriya o‘zaro kuch sinashadi.

Manba

Поделиться 2021-10-18 10:30:22