Jahon chempionati hamyurtlarimiz uchun omadli davom etmoqda
18-oktyabr kuni start berilgan musobaqada hamyurtlarimizning omadli yurishini Dostonbek Ilyashov boshlab berdi. U dastlabki bahsda finlyandiyalik raqibi Jimi Juvonenni mag‘lubiyatga uchratdi.
Shundan so‘ng sportchilarimizdan Muhammadali Muhiddinov, Sherali Musayev, Xusan Baratov, Diyor Xamidullayev, Ilyos Rayimov, Nazar Mahmudov, Botir Xojiboyev, Nurbek Urushbekovlar ham raqiblarini tiz cho‘ktirgan holda navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Eʼtiborlisi, butun dunyoning eng kuchli kikboksingchilari yig‘ilgan ushbu jahon chempionatida o‘zbekistonlik hakam ham ishlamoqda. Asosan og‘ir vazn toifasi vakillari ishtirokida ishlayotgan hamyurtimiz bundan oldin Vengriyada bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida ham ajoyib ishtirok bilano‘z saviyasini namoyish etgan edi.
Maʼlumot uchun, jahonning 50 dan ortiq davlatlaridan yig‘ilgan sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan chempionatning sovrindorlari 24-oktyabr kuni aniq bo‘ladi. Hamyurtlarimizga keyingi janglarida ham omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
2021-10-21 10:38:22