Madiyar Saidrahimov bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Belgrad shahrida yakuniga yetib borayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Madiyar Saidrahimov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
-92 kg vazn toifasida ringga chiqqan Madiyar yarim finalda kubalik Xulio La Kruz bilan kuch sinashdi. Afsuski, amaldagi Olimpiada chempioniga qarshi bahsda vakilimizga biroz tajriba yetishmadi va u musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
