Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
2024 yil Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga sportchilarimizni kompleks tayyorlash bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
- jamoaviy sport turlari (futbol, basketbol, gandbol, chim ustida xokkey, regbi, voleybol) bo‘yicha Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida olimpik professional klublari tashkil etiladi;
- suv sporti, og‘ir atletika, qilichbozlik, boks, dzyudo, regbi, futbol, chim ustida xokkey, voleybol, o‘q otish bo‘yicha sport infratuzilmasi tashkil etiladi, rekonstruksiya hamda jihozlash ishlari o‘tkaziladi;
- takomillashtirilgan o‘quv hamda antidoping dasturlari va adabiyotlar tayyorlanadi, terma jamoalarni tayyorlashda ishtirok etish va maslahat berish uchun xorijiy trenerlar va ekspertlar jalb qilinadi;
- o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadli ko‘rsatkichlari hamda milliy terma jamoalarning kontingenti tasdiqlanmoqda:
- Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha 244 ta dasturda ishtirok etish hamda 26 ta sport turi bo‘yicha 103 ta litsenziyani qo‘lga kiritish;
- Paralimpiya o‘yinlari bo‘yicha 476 ta dasturda ishtirok etish hamda 12 ta sport turi bo‘yicha 105 ta litsenziyani qo‘lga kiritish;
- sport menejmentini yaxshilash uchun katta to‘rtlik (big four) auditorlik tashkilotlaridan biri jalb qilinib, barcha bo‘g‘in auditdan o‘tkaziladi va uning natijalari bo‘yicha Prezident qarori loyihasi kiritiladi;
- sport uyushmalari rahbarlari vakant lavozimlarini to‘ldirish, past natijalarni ko‘rsatgan, budjet mablag‘laridan samarali foydalanmagan va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ygan uyushmalar rahbarlari lavozimlariga yangi nomzodlar bo‘yicha taklif kiritiladi.
