Yengil atletikachilarimiz Qozogʻistonda muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda
Ayni kunlarda Qozogʻiston poytaxtida yengil atletika boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etayotgan sportchilarimiz ajoyib natija koʻrsatishyapti.
Ayni paytgacha terma jamoamiz vakillari 8 ta oltin. 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgʻarishdi. Yopiq inshootda oʻtkazilayotgan ushbu turnir manejlarda oʻtadigan boshqa xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi. Quyida hozirgacha shohsupaga koʻtarilgan atletlarimizni tanishtirib oʻtamiz:
Oltin:
Sharifa Davronova – 60 metrga yugurish
Kseniya Borusheva – uzunlikka sakrash
Malika Nasriddinova – yadro uloqtirish
Dilshoda Usmonova – 1500 va 3000 metrlarga yugurish
Barnoxon Sayfullayeva – balandlikka sakrash
Ibrohim Mahkamov – uzunlikka sakrash
Asliddin Rahmonberdiyev – yadro uloqtirish
Kumush:
Kseniya Borusheva – balandlikka sakrash
Ibrohim Mahkamov – uch hatlab sakrash
Bronza:
Xushnoza Sharifova – uzunlikka sakrash
