Zamonaviy beshkurashning ikki yoʻnalishi boʻyicha Respublika turniri oʻtkazildi
Zamonaviy beshkurashning ikki yoʻnalishi boʻyicha Respublika turniri oʻtkazildi
Ayni kunlarda zamonaviy beshkurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari Andijon viloyatida yigʻin oʻtkazayotgani haqida maʼlum qilgan edik. Mazkur yigʻin doirasida Respublika turniri oʻtkazildi.
Musobaqa sportchilarning yigʻindan olgan bilim va saboqlarni qanday oʻzlashtirganlarini aniqlab olish, ularning salohiyatini koʻzdan kechirish maqsadida tashkil etildi. Unda Respublikamizning turli hududlaridan kelgan 75 nafar yosh atlet uchkurash va toʻrtkurash dasturida bahslashdi. Reglamentga koʻra, toʻrtkurash yoʻnalishi qilichbozlik, suzish va lazer-ran boʻyicha oʻtkazildi. Musobaqaning gʻolib va sovrindorlari bilan tanishing:
1. Sadriddin Qobiljonov – 1064 ochko
2. Sherjon Ahmedov – 938
3. Aleksandr Kutyanudis – 897
