Davlat Bobonov Abu Dabi “Katta dubulg‘a” turnirini bronza medali bilan yakunladi
BAAda poyoniga yetib borayotgan “Katta dubulg‘a” turniri dzyudochilarimiz uchun yakunlandi. Kechki dasturda Davlat Bobonov (-90 kg) bronza medali uchun tatamiga chiqdi.
Yarim finalda rossiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan Tokio-2020 sovrindori bronza medali uchun fransiyalik Fransis Damerga qarshi bahs olib bordi. Tajriba bobida ustun bo‘lgan hamyurtimiz bellashuvni o‘z foydasiga hal qildi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Afsuski, bugun startga chiqqan boshqa vakillarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi.
Shu tariqa, terma jamoamiz Abu Dabi “Katta dubulg‘a” turnirini 1 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi. Eslatib o‘tamiz, kechagi dasturda Hikmatilloh To‘rayev -73 kg vaznda finalgacha yetib borgan edi.
