Pekin-2022: 5816 namuna orasidan tanlab olingan maskot

Har bir yirik musobaqa, ayniqsa, Olimpiya oʻyinlari oʻzining maskotlari (ramz) bilan alohida esda qoladi. Bugungi maqolamiz yaqinlashib kelayotgan Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlaring ramzi Bin Dundunga bagʻishlanadi.

2018-yil avgust oyida musobaqa tashkiliy qoʻmitasi tomonidan rasmiy maskot aniqlash boʻyicha tanlov eʼlon qilindi. 2019-yil sentyabr oyiga qadar professional va havaskor dizaynerlardan 5816 ta namunalar kelib tushdi. Ular orasidan eng yaxshi 10 tasi tanlab olindi. Shundan soʻng Bin Dundun Pekin-2022 qishki Olimpiya, Shuey Rongrong esa Paralimpiya oʻyinlari ramzi etib eʼlon qilindi.

Bin Dundun. “Bin” mandarin tilidan “poklik”, “dundun” esa “mustahkamlik”, “jonli” va “bolalar” kabi maʼnolarini anglatadi. Ramzda kosmonavtlarnikiga oʻxshash maxsus kiyimdagi panda tasvirlangan. Dizayn egasi Sao Syuening soʻzlariga koʻra, bu kelajakdagi cheksizlikni anglatadi. U tasvirlagan panda muzda, qorda, snoubordda harakatlana oladi. Uning yuzi atrofidagi yorqin halqalar ilgʻor texnologiyalar bilan jihozlangan arenalarni ifodalaydi. Chap panjasidagi yurakcha Xitoyning barcha mehmonlarga boʻlgan mehrni anglatadi.

Manba

Поделиться 2021-11-30 11:02:27