O‘smirlarimiz Qirg‘izistondagi turnirdan 5 ta medal bilan qaytishdi

11-12 dekabr kunlari Qirg‘izistonning Tokmak shahrida 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.   
 
Qirg‘iziston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiyi Asankul Qidiraliyev sovrini uchun o‘tkazilgan musobaqada mezbonlardan tashqari O‘zbekiston va Qozog‘istondan kelgan yosh dzyudochilar medallar uchun tatamiga chiqishdi. 
  
Hamyurtlarimizdan Bunyod Safarov (-60 kg) va Jasur Shakarboyev (-66 kg) oltin, Suhrob Ortiqov (+73 kg) kumush, Fazliddin Po‘latov (-60 kg) hamda Sangak Tojiboyev (-73 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi. 
 
Поделиться 2021-12-16 08:15:28