Toshkentda yana bir ajoyib boks oqshomi o‘tkazildi
Poytaxtimizdagi “Renaissance Hall” arenasida katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, unda ringga ko‘tarilgan barcha hamyurtlarimiz zafar quchib, muxlislarimizga navbatdagi unutilmas g‘alabalarni taqdim qildilar.
Dastlab havaskor boksda jahon chempionati finalchisi Dilshod Ro‘zmetov o‘zining debyut jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Shundan so‘ng Iqboljon Xoldarov, Elnur Abduraimov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Hasanbov Do‘smatov, Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov ham raqiblari ustidan chiroyli g‘alabaga erishdilar.
Qayd etish joiz, markaziy jangda fransiyalik Mishel Soro ustidan g‘alaba qozongan Madrimov WBA kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi. Qolgan bokschilarimiz esa reytingdagi o‘rinlarini yaxshilab oldilar.
2021-12-20 09:33:43