Abdulmurodovda gʻalaba, Togʻaymurodov imkoniyatni boy berdi
Boks boʻyicha Toshkentda oʻtayotgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi kun bellashuvlari oʻz yakuniga yetdi.
Dastlab -57 kg vazn toifasida Dilshod Abdulmurodov iroqlik Muhammed Makassesga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va chiroyli gʻalabaga erishdi. Afsuski, -91 kg ogʻirlikda ringga koʻtarilgan Javohir Togʻaymurodov imkoniyatni boy berib qoʻydi. Bellashuvda tojikistonlik Davlat Boltayev yaqqol ustunlikka erishdi.


Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan boshqa vakillarimizga chiroyli gʻalabalar tilab qolamiz.
2022-01-24 08:47:31