Taekvondochilarimiz Fujayrada yettita medal qo‘lga kiritishdi

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondoning olimpiya oilasiga mansub WT yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli turnir bo‘lib o‘tdi.

Butunjahon taekvondo WT taqvimida 2 ta reyting turniri bo‘lib, unda Olimpiada ochkolari o‘ynaladi. Ushbu turnirlarda taekvondo terma jamoamiz ikki guruhga bo‘lingan holda ishtirok etyapti. Ularning dastlabkisi "Fujairah Open-2022" musobaqasi hisoblanadi.

Quvonarlisi, kuchli tarkib bilan ushbu turnirga jo‘nab ketgan terma jamoamiz 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Oltin medal:
Ulug‘bek Rashitov
Jasurbek Jaysunov
Feruza Sadikova
Svetlana Osipova

Kumush medal:
Charos Qayumova

Bronza medal:
Nikita Rafalovich
Niyoz Po‘latov

Manba

Поделиться 2022-02-07 15:04:26